O‘zA O`zbek

20.05.2019 Chop etish versiyasi

Kristin Lagard samarqandlik tadbirkor ayollar bilan uchrashdi

Kristin Lagard samarqandlik tadbirkor ayollar bilan uchrashdi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard samarqandlik tadbirkor ayollar bilan uchrashdi.

Joriy yilning 18 may kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. 

Tashrif chog‘ida Kristin Lagard O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbaeva boshchiligida samarqandlik turli sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar bilan suhbatda bo‘ldi. Kristin Lagard ularning tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlar, erishilgan yutuqlar va yuzaga kelayotgan muammolar bilan qiziqdi.

Samarqandlik tadbirkor xotin-qizlarimiz o‘z faoliyatlari to‘g‘risida ma’lumot berib, Kristin Lagarddan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bundan tashqari unga O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlash, ayollar bandligini ta’minlash hamda ayollarning fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda, islohotlarni amalga oshirishda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Mehmon ayollarning tadbirkorlik sohasida huquq va manfaatlarini ta’minlashda boshqa mamlakatlarning va o‘zining tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

1 091
O‘zA