O‘zA O`zbek

10.12.2019 Chop etish versiyasi

Kosmetolog xizmati kutilmagan natijani berdi, fuqaro esa...

Kosmetolog xizmati kutilmagan natijani berdi, fuqaro esa...

Go‘zallikka barcha ayol birdek intiladi. Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro G. I. kosmetologik muolaja olish uchun Chilonzor tumanidagi go‘zallik markazlaridan biriga murojaat etgan.

Ammo, ko‘rsatilgan muolaja kutilgan natijani bermagan.

Xizmatdan norozi bo‘lgan fuqaro Chilonzor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

Murojaatga ko‘ra, Chilonzor tumanida joylashgan go‘zallik markazi tomonidan mijozga ko‘rsatilgan muolaja uchun mijozdan 8 000 000 so‘m to‘lov olingan. Muolaja ijobiy natija bermagan.

Ariza bo‘yicha holat jamiyat tomonidan o‘rganib chiqildi.

Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida sifatsiz muolaja ko‘rsatgan go‘zallik markazi tomonidan iste’molchiga 8 000 000 so‘m to‘liq qaytarildi.

1 503
O‘zA