O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

Korxonaning innovatsion dasturlari

Korxonaning innovatsion dasturlari

Mamlakatimiz kimyo sanoatida katta salohiyatga ega “Fargʻonaazot” aksiyadorlik jamiyatida qator innovatsion gʻoya va ilm-fan yutuqlari amaliyotga joriy etilmoqda. Faoliyat koʻlami yangitdan tashkil etilgan havo ajratish sexi ana shunday intilish samarasi boʻlib, u korxonaning asosiy va yordamchi sexlarining bir maromda ishlashini taʼminlaydi.

Keyingi yillarda sex faoliyatini modernizatsiya qilish, energiyani tejovchi zamonaviy qurilmalarni hayotga tatbiq qilish boʻyicha barcha meʼyoriy hujjatlar ishlab chiqilgandan soʻng bosh pudratchi “Yenergy Power Solution LTD” kompaniyasi bilan shartnomalar imzolandi.

– 2019-yilning avgust oyida Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan mutaxassislar bilan birgalikda qurilma toʻliq ishga tushirildi, — deydi sex boshligʻi Nozimjon Vahobov. – Hozirgi kunda “Fargʻonaazot” AJning barcha sexlari yangi ishga tushirilgan havo ajratish qurilmasi mahsulotlari bilan taʼminlab kelinmoqda. Bu loyihaning asosiy maqsadi zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalaridan samarali foydalanish, energiya resurslarini tejash hamda atrof-muhit musaffoligini taʼminlashdan iboratdir.

photo_2020-05-22_15-59-50 (2).jpg

photo_2020-05-22_15-59-50.jpg

photo_2020-05-22_15-59-51.jpg

809
Muqimjon QODIROV olgan suratlar, OʻzA