Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.05.2018 11:33 Chop etish versiyasi

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotganiga qaramay, ming afsuski, MANSABDORLAR PORA OLIShDA DAVOM ETMOQDA

Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotganiga qaramay, ming afsuski, MANSABDORLAR PORA OLIShDA DAVOM ETMOQDA
"Ёмонликнинг тури кўп, бироқ уларнинг ичида энг хавфлиси таъма ва илмсизликдир" Buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniyning bu hikmatli so‘zlari bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.

Zero, ta’magirlik, boshqacha aytganda porxo‘rlik illati hamon mavjud bo‘lib, bu jamiyat taraqqiyotiga xavf solayotgan omillardan biri sanaladi. Chunki qayerda bu illat mavjud bo‘lsa, o‘sha yerda nohaqlik ildiz otadi. Bu esa halol mehnat qilayotgan kishilarning manfaatiga zid holatlar sodir bo‘lishiga, ularning ishga bo‘lgan ishtiyoqi so‘nishiga olib keladi.

Inchunun, bu illatni ko‘proq qo‘lidan ish kelmaydigan, ilmsiz yoki iqtidori yo‘q kishilar sodir etadi.

Shu nuqtai nazardan zimmasiga mas’uliyatli vazifalar yuklangan mansabdor shaxslarning poraxo‘rlikka, ya’ni korrupsiyaga yo‘l qo‘yishi murosa qilib bo‘lmaydigan holdir. Bunday holatlarga qarshi jamiyatimizda murosasiz kurash olib borilayotganiga qaramay, ming afsuski, mansabdorlar pora olishdan ko‘z yuma olmayotir.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar markazi direktori F.N mansabdor shaxs bo‘la turib, ta’magirlik jinoyatiga qo‘l urdi. U Sevara O‘tkirovani markazga ingliz tili to‘garagi rahbari vazifasiga ishga qabul qilish evaziga xizmat xonasida, qonunga xilof ekanligini bila turib 850 ming so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtida huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlandi.

Oliy sud matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ushbu holat yuzasidan poraxo‘r qonun oldida javob bergan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Nishon tumani sudining hukmiga ko‘ra, u ta’magirlik yo‘li bilan pora olganlikda (Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan) aybdor deb topilgan. F.N ning ozodligi cheklangan va qo‘shimcha jazo tariqasida muayyan huquqlardan mahrum etilgan.

Norgul Abduraimova, O‘zA
3 547