Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.02.2017 13:40 Chop etish versiyasi

Korrupsiya – taraqqiyotga g‘ov

Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish, korrupsiya holatlarining oldini olishga bag‘ishlangan seminar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Viloyat davlat soliq boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda huquq-tartibot organlari va soliq idoralari xodimlari, tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 3-yanvar kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun davlat idoralariga nisbatan fuqarolar va tadbirkorlarning ishonchini mustahkamlash, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, korrupsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish, vakolatli idoralar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholining mazkur sohadagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

– Bugungi kunda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar butun dunyo muammosiga aylangan, – deydi Samarqand viloyati prokuraturasi katta tergovchisi D.Kubayev. – Shu sababli xalqaro tashkilotlar doirasida mazkur illatga qarshi kurashish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 2003-yil 31-oktabrdagi qarori bilan “Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvensiya”si qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi ham mazkur Konvensiyaga qo‘shilgan va uning talablarini bajarish yuzasidan yurtimizda zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi ham bu borada muhim qadam bo‘ldi.

Tadbirda qonunda belgilangan qoida va tartiblar, ularni amalga oshirish bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning vakolatlari, majburiyatlari haqida atroflicha tushuncha berildi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
322






Все о погоде - Pogoda.uz