O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” umummilliy insholar tanlovi start oldi

“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” umummilliy insholar tanlovi start oldi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” umummilliy insholar tanlovi o‘tkazilishi haqida ma’lum qilingan edi. 

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlovning birinchi bosqichi bo‘yicha “Korrupsiya va men” mavzusi tanlab olindi. 

Ushbu mavzuni insho orqali yoritib berishda korrupsiyaning fuqarolar, muayyan shaxs hayotiga ta’siri, qonunga itoatkorlik yuksak qadriyat va korrupsiyaga qarshi kurashning asosi ekani, qarindosh-urug‘chilik, poraxo‘rlik, ko‘zbo‘yamachilik, qonunga itoatsizlik va javobgarlikdan qo‘rqmaslikning salbiy oqibatlari, korrupsiyaga nisbatan fuqarolik pozitsiyasi, xususan, toqatsizlik, murosasizlik va unga bosh qo‘shmaslik lozimligi kabi masalalar yoritilishi kerak.

Birinchi bosqichda 21-25 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Insholar baholanib, natijalari e’lon qilinadi. 

Tanlov uch bosqichli bo‘lib, bu jarayon 30 noyabrgacha davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, insholar erkin mavzuda insho yozish qoidalariga rioya etgan holda yozilishi, hajmi mingta so‘zdan oshmasligi lozim.

Inshoga ishtirokchining ismi, familiyasi, ta’lim muassasasi nomi (raqami) hamda ishtirokchining aloqa ma’lumotlari (e-mail, telefon raqami, manzil) ilova qilinishi lozim.

1 923
Shuhrat Ne’matov, O‘zA