O‘zA O`zbek

13.08.2020 Chop etish versiyasi

Koronovirusga qarshi kurashgan xodimlarga qancha toʻlov amalga oshirildi?

Koronovirusga qarshi kurashgan xodimlarga qancha toʻlov amalga oshirildi?


Moliya vazirligi respublika boʻyicha koronovirusga qarshi kurash tadbirlari uchun jalb qilingan xodimlarga toʻlovlar toʻlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlariga “Koronavirus”ning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jami 1124,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratib berildi.

Shundan, “Koronavirus” tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb etilgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlarning 97 372 nafariga 336,3 mlrd. soʻm qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlandi.

Jumladan:

  • oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlovlari jami 77 294 nafar xodimga 122,7 mlrd. soʻm, shundan 20 739 nafar vrachga - 48,4 mlrd.soʻm, 35 162 nafar oʻrta tibbiyet xodimga - 48,4 mlrd.soʻm, 9 769 nafar kichik tibbiyot xodimga - 11,0 mlrd.soʻm va 11 624 nafar boshqa xodimlarga - 13,6 mlrd.soʻm;
  • 14 kunlik faoliyat davri uchun maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlari boʻyicha jami 8 607 nafar xodimga 193,6 mlrd. soʻm, shundan, 2 650 nafar vrachga (har biriga 25 mln.soʻmdan) - 95,1 mlrd.soʻm; 3 218 nafar urta tibbiyot xodimga - 68,3 mlrd.soʻm,1 539 nafar kichik tibbiyot xodimga - 21,8 mlrd.sum va 1 200 nafar boshsa xodimlarga - 8,4 mlrd.soʻm;

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlari xodimlarining lavozim maoshiga mehnatning sogʻliq uchun xavfliligi va ogʻir sharoitlari uchun belgilanadigan qoʻshimcha toʻlovlar miqdorini tegishincha 15 foizdan 50 foizga hamda 40 foizdan 75 foizga oshirish hamda mehnatiga xaq toʻlash razryadlari boʻyicha tarif koeffitsiyentini 5 foizga oshirish hisobiga 11 471 nafar xodimga 19,9 mlrd. sum toʻlab berildi.


1 404
OʻzA