O‘zA O`zbek

13.07.2020 Chop etish versiyasi

Koronavirusga chalingan bemorlarga qon plazmasini quyish amaliyoti samara bermadi

Koronavirusga chalingan bemorlarga qon plazmasini quyish amaliyoti samara bermadi

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, keyinchalik tuzalgan bemorlarning qon zardoblarini (qon plazmasi) bemorlarga quyish amaliyoti joriy etilgan edi. Koronavirusga qarshi kurashish maxsus komissiyasi aʼzosi Habibulla Oqilovning taʼkidlashicha, chet el tajribasida bu ish samara bermagan. Shu bois, Oʻzbekistonda ham bu amaliyot toʻxtatildi.

Darvoqe, soʻnggi haftada aholi orasida koronavirusga chalinganlarning soni keskin oshib ketdi. Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori oʻrinbosari Bobur Qurbonovning soʻzlariga koʻra, bunga sabab fuqarolarimiz, asosan yoshlarimizning karantin tadbirlariga amal qilmay qoʻygani, tibbiy niqoblarni notoʻgʻri taqish (burunni ochib), masofa saqlamaslik, yoshlarning kechalari mahallalar va koʻp qavatli uylar tagida yigʻilib birga vaqt oʻtkazishi ekan.

1 109
OʻzA