O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

KORONAVIRUS TADQIQOTLARI: bemor qanday sharoitda uyda davolanishi mumkin?

KORONAVIRUS TADQIQOTLARI: bemor qanday sharoitda uyda davolanishi mumkin?

Oʻzbekiston innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi ekspertlari koronavirusning yengil shakliga chalingan bemorlarni davolash boʻyicha vaqtinchalik klinik qoʻllanma ishlab chiqdi.

Kasallikning yengil shaklini yuqtirib, uyda oʻzini oʻzi yakkalagan bemorlarni masofadan turib davolashning ilgʻor xalqaro tajribalari ustida ham izlanishlar olib borildi. Bu koronavirusning ogʻir turi bilan kasallangan bemorlarni muvaffaqiyatli davolashda soha xodimlari uchun qoʻshimcha yengillik ham beradi, deyish mumkin.

Maʼlumki, Oʻzbekistonda COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar faqat statsionar sharoitda kuzatuvga olinar va davolanar edi.

Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, kuni kecha Sogʻliqni saqlash vazirligiga topshirilgan vaqtinchalik klinik qoʻllanma uy sharoitida davolanayotgan bemorlar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari uchun algoritm harakatini aks ettiradi. Qoʻllanmadan bemorlar va ularning oila aʼzolari uchun tavsiyalar, bemor uyida oʻzini oʻzi kuzatish jarayonini aks ettirib, natijasini yozib borishi zarur boʻlgan ilova ham oʻrin olgan.

Sogʻliqni saqlash tizimi xodimlari uchun bugungi kun sharoitiga toʻgʻri keladigan klinik isbotlar, ekspertlar xulosalari keltirilgan.

Qoʻllanmada qayd etilganidek, bemorni uy sharoitida davolash kasallikning yengil shakli kuzatilganida yoki xastalik alomatlarining kam koʻrinishida, uning murakkablashish xavfi boʻlmaganida tavsiya etiladi.

2 201
OʻzA