O‘zA O`zbek

04.07.2020 Chop etish versiyasi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi

Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanida yashovchi 35 yoshli ayolD.Sh. joriy yil 1-iyul kuni koronavirus infeksiyasiga gumon qilinib, Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.

Unga “Ikki tomonlamapnevmoniya, oʻtkir nafas yetishmovchiligi 3-daraja, semizlik 2-daraja” tashxisi qoʻyilgan.

Shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor oʻtkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

2 236
O'zA