O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3089 nafarni tashkil qilmoqda

Koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3089 nafarni tashkil qilmoqda

23-may soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3089 (+11) nafarni tashkil qilmoqda. Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Dubay-Toshkent yoʻnalishidagi charter reysda kelgan, yana 1 nafari Qozogʻiston orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etildi. Kasallik qolgan 9 holatda, jumladan, 2 holatda poytaxtimizda, 7 holatda esa Samarqandda aholi orasidan aniqlandi. Hozirda ushbu bemorlar bilan muloqotda boʻlgan barcha fuqarolar belgilangan tartibda qatʼiy karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2525 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sogʻaydi. Hozirda 551 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

952
O'zA