O‘zA O`zbek

08.08.2018 20:32 Chop etish versiyasi

Koreyalik pedagoglarning mahorat saboqlari

Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida koreyalik o‘qituvchilar tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi huzuridagi Ta’lim markazi hamkorlikda tashkil etgan seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi maktablardan 70 nafar fan o‘qituvchisi ishtirok etdi.

Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalarini joriy qilish, milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda ta’limni tashkil etish, bu jarayonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Sohani yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan seminar-treningda 16 nafar koreyalik pedagog ijtimoiy fanlar, filologiya, ingliz tili, matematika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mahorat saboqlari o‘tkazdi. O‘qitish metodikasi va darslarda o‘quvchilar bilan ishlash yuzasidan tavsiyalar berildi. Tajriba almashildi.

Innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida olib borilgan mashg‘ulotlar fan o‘qituvchilari uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Barno Meliqulova, O‘zA
2 116