O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Koreyalik jurnalistlar yurtimKoreyalik jurnalistlar yurtimizda. Ular yurtimizdagi OAV haqida qanday fikrda?izda. Ular yurtimizdagi OAV haqida qanday fikrda?

Koreyalik jurnalistlar yurtimKoreyalik jurnalistlar yurtimizda. Ular yurtimizdagi OAV haqida qanday fikrda?izda. Ular yurtimizdagi OAV haqida qanday fikrda?

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan Koreya jurnalistlari assotsiatsiyasi o‘rtasida jurnalistika sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi. Shunga muvofiq kuni kecha yurtimizga Koreya jurnalistlari assotsiatsiyasi prezidenti Jung Kyu Sung boshchiligidagi bir guruh OAV vakillari tashrif buyurdi.

Dastlab koreyalik jurnalistlar poytaxtimizdagi Koreys madaniyat markaziga bordi va ushbu markazda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda mazkur markaz raisi Viktor Pak O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan koreys millatiga mansub fuqarolar bilan ishlash, ularning jamiyatdagi o‘rni, olib borayotgan faoliyati xususida so‘zlab berar ekan, yurtimizda turli millat va elat vakillari uchun yaratilgan imeoniyatlar xususida fikrlarini bildirdi. Shundan so‘ng mehmonlar Toshkent viloyati hududida joylashgan “Xvan Man Gim” muzeyida ham bo‘lishdi. 

Koreyalik jurnalistlar guruhi “Xalq so‘zi” va “Narodnoe slova” gazetalari tahririyatida, O‘zMTRK media markazida, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bo‘lishni ham rejalashtirgan. Shuningdek, ular poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari, xususan, Mustaqillik maydoni, Amir Temur xiyobonida bo‘lishni ham niyat qilgan. 

Koreyalik OAV vakillari tashrif doirasida Samarqand va Xorazm viloyatlarida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ular yurtimizdagi OAV haqida qanday fikrda? Bu haqda keyingi materiallarda to‘liq ma’lumot beramiz. 

photo5253454257183632323.jpg

photo5256127320274611328.jpg

photo5256127320274611331.jpg

photo5256127320274611332.jpg

1 650
Barno Meliqulova, Farhod ABDURASULOV (surat), OʻzA