Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 16:12 Chop etish versiyasi

“Konstitutsiya – hayotimiz qomusi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi

Poytaxtimizda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya – hayotimiz qomusi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Partiya fraksiyasi a’zolari, “Yoshlar qanoti” yetakchilari, huquqshunos olimlar, mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar qatnashgan tadbirda Konstitutsiya ona zaminimizda istiqomat qilayotgan, millati, dini, tilidan qat’i nazar, barcha uchun mustahkam himoya, ertangi kunimizni aniqlab beruvchi dasturilamal hujjat ekanligi ta’kidlandi. Bosh qomusimizda xalqimizning oliy maqsadi, irodasi o‘zining teran ifodasini topgan.

Konstitutsiya asosida 1000 dan ortiq yangi qonun va 10 dan ortiq kodeks qabul qilindi. Ularning barchasi Asosiy qonunimiz mazmunida aks etgan fuqarolarning munosib hayot kechirishini ta’minlash hamda insonparvar demokratik davlat barpo etish yo‘lida xizmat qilib kelmoqda. Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini aholiga, ayniqsa, yoshlarga keng tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur tadbir ham Bosh qomusimizni chuqur o‘rganish, yoshlarning huquqiy madaniyati va huquqiy bilimlarini yuksaltirish, ularni Konstitutsiyaga hurmat ruhida tarbiyalash va ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida tashkil etildi.

Ishtirokchilarga Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, uning demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, Bosh qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi, shu bilan birga, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
3 172