Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.07.2018 12:26 Chop etish versiyasi

Kommunal qarzdorlikni yig‘ish mahalla raislari zimmasidami?

№ 35 .Тарққиёт.jpg

Oqiljon XOLMATOV,

“Taraqqiyot” MFY raisi:

Prezidentimiz tumanimizga tashrifi chog‘ida “Obod mahallada – obod ko‘ngil bo‘ladi” dedilar. Bu gap zamirida ulkan ma’no, ezgu maqsad mujassam.

“Obod mahalla” dasturi amalga oshirilayotganidan xalqimiz minnatdor. Shu o‘rinda ayrim mulohazalarimiz ham bor. Avvalo, mahalladoshlarimizga aytarimiz shuki, har bitta xonadon egasi o‘z uyini obod qilsa, mahalla sekin-asta obod bo‘lib boradi. Davlat qilib berar ekan, deb qo‘l qovushtirib o‘tiraverish yaramaydi. Xalqimiz bunga o‘rganib qolmasligi kerak.

Bir kuni mahallamizda shanbalik – hashar qildik. Bir hovli ostonasiga yaqinlashganimizda, uydan kelinchak chiqib, bizga yordam berayotganda qaynopasi eshikni ochib “Nima qilyapsiz? Bu ularning ishi. Uyga kiring”, deb kelinchakni olib kirib ketdi. Mana, odamlarni nimaga o‘rgatib qo‘ydik.

Mahallada sektor rahbariyati bilan uyma-uy yurib, muammolarni joyida hal qilayapmiz. Bizning mahallamiz 1960 yillarda tashkil topgan. O‘z vaqtida berilgan yerlar vaqt o‘tib bo‘linib, 2 sotixdan bo‘lib qolgan. Shu bois, oilalarning 90 foizining muammosi bu – uy-joy ta’minoti masalasi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan “Har bir oila – tadbirkor” dasturini juda ko‘p muammolarning yechimi, desak bo‘ladi. Chunki oilada bekorchi odam bo‘lmasa, janjal ham bo‘lmaydi, jinoyat ham kuzatilmaydi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ham o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi.

Kommunal qarzdorlikni undirishda mahalla raislari ham yordam berishi kerak. Bu bizning majburiyatimiz. Lekin oxirgi paytda to‘lovlarni biz – o‘zimiz yig‘ishimizga to‘g‘ri kelayapti. Bizga Majburiy ijro byurosidan ro‘yxat berishayapti. “Mana bu gazniki, mana bu elektr energiyasiniki, bu suvniki. Iloji bo‘lsa, shularni undirib beringlar” deyishayapti. Shuning uchun biz ham nafaqa olishga kelgan fuqarolarimiz bilan tushuntirish ishlarini olib borib, MIB xodimlarini chaqirgan holda ularga yordam berayapmiz.

O‘zA
2 612