Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.05.2018 13:45 Chop etish versiyasi

Kollej o‘quvchisi K.Salomovning jinoyat sodir etishiga nima sabab bo‘ldi?

Kollej o‘quvchisi K.Salomovning jinoyat sodir etishiga nima sabab bo‘ldi?
Joriy yilning 9 may kuni o‘rtada kelib chiqqan janjal tufayli kollej o‘quvchisi K.Salomov qo‘shnisi S.Azimovga oshxona pichog‘i bilan qasddan og‘ir shikast yetkazish jinoyatini sodir etdi.

Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashkilot va mahallalarda muntazam o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda qonunbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va qonun ustuvorligini qaror toptirish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilayotgan bo‘lsa-da, bilib-bilmay jinoyat qilayotgan shaxslar hamon uchramoqda.

Kollej o‘quvchisi K.Salomov qo‘shnisi S.Azimov o‘rtasida avvaldan o‘zaro kelishmovchiliklar bo‘lgani uchun mahalla faollari va profilaktika inspektori tomonidan bir necha marotaba profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Biroq shunga qaramay o‘rtada yana kelib chiqqan janjal oqibati noxush holat bilan tugagan.

Quyi Chirchiq tumani transport va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida ichki ishlar organlari xodimlari, ta’lim muassasalari rahbarlari, imom-xatib va mahallalar faollari ishtirokida ushbu jinoyatning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada bu kabi huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish, bu borada ta’lim muassasalari hamda ichki ishlar organlari hamkorligini yanada mustahkamlash, ota-onalar mas’uliyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi. Profilaktika inspektorlari tomonidan yuqoridagi kabi jinoyatlar qanday oqibatlarga olib kelayotgani hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

A.Musayev, O‘zA
2 017