O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Koʻzboʻyamachiliklar mavjud boʻlsa, ularga nisbatan keskin munosabatda boʻlishimiz kerak – Nurmat Otabekov

Koʻzboʻyamachiliklar mavjud boʻlsa, ularga nisbatan keskin munosabatda boʻlishimiz kerak – Nurmat Otabekov

AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Unda N.Otabekov quyidagicha savol berildi: “Virus haqida hamma oʻziga yarasha tushunchaga ega boʻldi, lekin bizda koʻzboʻyamachilik shundayam bordek Qoʻqondagi bozorga borsangiz asosiy darvozada dezinfeksiya qilishayapti, boshqa kichkina darvozalardan bemalol kirishingiz mumkin. Nima boshqa joydan kirmay virus faqat asosiy darvozadan kiradimi. Boshqa koʻplab joylarda xam shunaqa koʻzboʻyamachilik bor, ushbu holatga munosabatingiz?”.

- Fikringizga yuz foiz qoʻshilaman. Bu kabi koʻzboʻyamachiliklar mavjud boʻlsa, ularga nisbatan keskin munosabatda boʻlishimiz kerak. Bozor maʼmuriyati va keng jamoatchilik bu kabi holatlarning oldini olishi zarur, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tizimi xodimlari esa bunday kamchiliklar yoʻl qoʻygan shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralarni qoʻllashi kerak boʻladi – deya savolga javob berdi Nurmat Otabekov.

1 207
OʻzA