O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Koʻza kunda emas, kunida sinadi...

Koʻza kunda emas, kunida sinadi...

Buxoroda 2524 tup koʻknor, 4 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini qonunga xilof ravishda ekkan fuqaro qoʻlga tushdi.

Buxoro viloyati Shofirkon tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori – 2020” keng qamrovli tezkor tadbiri doirasida Qalmaqon mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi, 1940-yilda tugʻilgan fuqaro R.R. (erkak) yashash uyining 3 sotix maydonga ega boʻlgan ichki ekin yeriga 2524 tup koʻknor, 4 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini qonunga xilof ravishda ekkan.

Ekib parvarishlagan hamda ularning hosilini yigʻib, sof ogʻirligi 19 kilogramdan ortiq boʻlgan koʻp miqdordagi giyohvandlik vositalarini kelgusida oʻtkazish maqsadida qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.R.ga nisbatan JKning 270-moddasi 1-qismi, 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

787
Zarif Komilov, UzA