Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.01.2018 11:17 Chop etish versiyasi

Ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan yangilik: Nukusda daraxt yaproqlaridan 10 ta uy quriladi

Avval xabar berganimizdek, tinib-tinchimas nukuslik tadbirkor-ixtirochi R.Qartbayev yana bir yangilik yaratishga qo‘l urdi, ya’ni kuzda to‘kilgan daraxt barglaridan ekologik uy barpo etmoqchi.



– Atrof-muhitimizning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri bu – kuzda daraxtlardan to‘kilgan barglar hisoblanadi. Ko‘pchilik ularni yoqib yuboradi yoki ular obodonlashtirish xizmati tomonidan shahar tashqarisiga chiqarib tashlanadi. Ikkala holatda ham tabiatga jiddiy zarar etishi hammaga ma’lum, – deydi R.Qartbayev. – Men ulardan ham foydalanish yo‘lini topdim. Ya’ni, ularni yig‘ib, ba’zi aralashmalarni qo‘shib uy qurishda foydalaniladigan bloklarni ishlab chiqara boshladim. Bunday uylar somondan ishlanadigan ekologik uylar kabi yozda salqin, qishda esa iliq bo‘ladi.

Yaqinda hokimlikdan shunday 10 uy qurish uchun yer maydoni so‘radim. Beradigan bo‘ldi. Yaqinda qurilish ishlarini boshlamoqchiman. Bu uylar hozirgi uylardan bir necha barobar arzonga tushadi. 


Yesimqan Qanaatov, O‘zA
9 144