Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.09.2017 15:30 Chop etish versiyasi

Ko‘rgazmada «WIUT Art club» studiyasida tahsil olayotgan talabalar va o‘qituvchilarning fotoasarlari namoyish etilmoqda

Ko‘rgazmada «WIUT Art club» studiyasida tahsil olayotgan talabalar va o‘qituvchilarning fotoasarlari namoyish etilmoqda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda «Mustaqillik avlodlari: fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» nomli ko‘rgazma tashkil etdi.

Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti prorektori N.Qodirov, Badiiy akademiya raisi o‘rinbosari F.Toshmuhamedov va boshqalar yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatining izchillik bilan amalga oshirilayotgani va ijodkorlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor xususida so‘z yuritdi.

Universitet 2002-yil Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bilim maskanidagi yuqori sifatli ta’lim jarayoni mazkur oliy o‘quv yurtining mamlakatimizdagi ilg‘or ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin egallashiga sabab bo‘ldi. Talabalar ta’lim jarayonidan tashqari, universitetning ijtimoiy-ma’rifiy hayotiga ham keng jalb qilinadi, qiziqishlari qo‘llab-quvvatlanadi, qo‘shimcha bilimlar beriladi.

9.JPG

Universitetda san’atning yigirmaga yaqin turi bo‘yicha to‘garak va klublar faoliyat ko‘rsatadi. Klub va to‘garaklar a’zolarining ijodiy yutuqlari rahbariyat tomonidan muntazam qo‘llab-quvvatlanadi.

Ijodkorlarni ruhlantirish hamda talaba-yoshlarning milliy madaniyatimiz va san’atimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada universitetdagi «WIUT Art club» studiyasida tahsil olayotgan talabalar va o‘qituvchilarning 50 dan ziyod tasviriy, 40 dan ortiq fotoasari namoyish etilmoqda.

2-bosqich talabasi Avazbek Ergashev ham ushbu ko‘rgazmada ijodiy ishlari bilan ishtirok etmoqda.

– O‘qish jarayonida ijtimoiy hayotdagi faolligimiz akademik yutuqlar singari yuqori baholanadi, – deydi A.Ergashev. – Shu bois, tengdoshlarimning aksariyati darslardan keyin turli mashg‘ulotlar bilan band bo‘ladi. Bu biz uchun ham qiziqarli, ham foydali. Men fotoasarlar yaratishga qiziqaman va bundan zavq olaman.

Mohigul Qosimova, Otabek Mirsoatov (surat), O‘zA
1 583






Все о погоде - Pogoda.uz