O‘zA O`zbek

19.05.2019 Chop etish versiyasi

Koʻmirlar orasiga parfyumeriya mahsulotlari yashirilgan ekan

Koʻmirlar orasiga parfyumeriya mahsulotlari yashirilgan ekan

Bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi olib borilayotgan chora tadbirlarga qaramay baʼzi bir fuqarolar tomonidan qingʻir xatti-harakatlar hali hamon kuzatilmoqda.

Xususan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasining “Oʻzbekiston” chegara bojxona postida aniqlangan qoidabuzarlik fikrimizga misol boʻladi.

Mazkur post orqali qoʻshni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.D boshqaruvidagi “SHAANXI” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi. Eʼtiborlisi, faqatgina koʻmir mahsulotlari borligi maʼlum qilingan avtomashinada 3 dona qogʻoz qutilarga joylashtirilgan, jami 71 dona sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlari ham yashirilganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

1 659
OʻzA