Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.08.2017 10:20 Chop etish versiyasi

Ko‘makka muhtoj insonlar doimo e’tiborda

Jismoniy imkoniyati cheklangan insonlarga ko‘maklashish, ularning jamiyatda munosib hayot kechirishini ta’minlash, manfaatlarini himoya qilish, salomatligini tiklash borasidagi masalalar O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi saylovoldi dasturidan alohida o‘rin egallagan. Bu boradagi ishlarni takomillashtirish maqsadida partiya va O‘zbekiston nogironlar jamiyati o‘rtasida memorandum imzolangan.

O‘zbekiston nogironlar jamiyatida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ushbu memorandumda belgilangan kelishuvlarning ijrosi tanqidiy tahlil qilinib, oldinda turgan vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekison Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari U.Vafoyev, O‘zbekiston nogironlar jamiyati raisi K.Abdullayev va boshqalar mamlakatimizda nogironlarning ijtimoiy muhofazasini yanada kuchaytirish, turmush darajasini oshirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, davolash-profilaktika xizmatini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 1-avgustdagi "Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishi bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu farmoyishning ijrosini ta’minlash maqsadida partiya markaziy kengashi, fraksiya a’zolari Nogironlar jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

Davra suhbatida o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkilotlari hamda deputatlik birlashmalari tomonidan nogironlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha yetarli darajada ish olib borilmaganligi, shuningdek, nogironlar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Nogironlar jamiyati bilan hamkorlik qilishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilganligi tanqid qilindi. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Tadbirda partiya va Nogironlar jamiyati o‘rtasida sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish, imkoniyati cheklangan insonlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
2 326






Все о погоде - Pogoda.uz