O‘zA O`zbek

25.03.2020 Chop etish versiyasi

Klinika shifokorlari virusli infeksiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor!

Klinika shifokorlari virusli infeksiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor!

Bugungi kunda butun dunyo favqulodda holat, yaʼni koronavirus COVID-19ning global pandemiyasi bilan yuzma-yuz keldi.

Qay bir mamalakat aholisining sogʻligi xavf oldida tursa, birinchi boʻlib ularning himoyasiga hukumat shay boʻladi.

Koronavirus kasalligi tarqalishi sababli yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, VITAMED MEDICAL klinikasi jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi hukumatini pandemiyaga qarshi kurashishida qoʻllab-quvvatlash va mamlakatimiz aholisiga malakali tibiiy yordam koʻrsatish boʻyicha tayyorligini bildiradi.

Klinika shifokorlari odatiy rejimda faoliyatini davom ettirishmoqda va virusli infeksiya tarqalishining oldini olish va himoya qilish boʻyicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyor!

Oʻzingizni va yaqinlaringiz asrang!

863
OʻzA