Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.08.2017 20:12 Chop etish versiyasi

Kitobxon oilalar tanlovi

Abdulla Qodiriy nomidagi Navoiy viloyati axborot-kutubxona markazida “Kitobxon oila” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda viloyatdagi barcha tuman va shaharlardan kitobsevar oilalar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning joriy yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Tanlovda ishtirokchilar tanishtiruv, muayyan asar bo‘yicha savol-javob, biror asarni so‘z boshi orqali aniqlash yoki oilalar tomonidan o‘qib chiqilgan asarni sahnalashtirish shartlari bo‘yicha mahoratini namoyish etdi.

Navoiy shahridan Shomurodovlar oilasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Nurota tumanidan Jumayev, Konimex tumanidan Erboyevlar oilasi ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.

– Kelajak avlodning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitob alohida o‘rin tutadi, – deydi Shomurodovlar oilasi bekasi Ma’mura Yo‘ldosheva. – Yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik va ezgulikka undaydi. Oilamizda yaxshi an’ana bor – har kim o‘qigan kitobini batafsil so‘zlab beradi. O‘zim Navoiy shahridagi 2-umumta’lim maktabida o‘zbek tili va adabiyotidan dars beraman. Oilada farzandlarimni kitobxonlikka o‘rgatganman.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
2 169






Все о погоде - Pogoda.uz