O‘zA O`zbek

23.03.2020 Chop etish versiyasi

Kitob tushkun kayfiyatni koʻtaradi...

Kitob tushkun kayfiyatni koʻtaradi...

#Men_kitob_mutolaasi_bilan_bandman #chellenj ining navbatdagi ishtirokchisi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Shoyim Shernazar.

– Hech bir moʻjiza kitobga tenglasholmaydi. Kitobning zavqini boshqa hech narsadan topolmaysiz. Kitobdek sodiq doʻst yoʻq. Uning bilan oshno tutingan inson kam boʻlmaydi. Sizni har qanday mushkullikdan kitob qutqaradi. Tushkun kayfiyatni koʻtaradi. Kitobga oshno boʻling!

Men shu kunlarda Nazar Eshonqulning “Urush odamlari” qissasini, Rauf Parfi, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Vafo Fayzullo sheʼrlarini oʻqiyapman. Vaqtdan unumli foydalangan holda “Oʻtkan kunlar”ni qayta oʻqimoqchiman.

Vatandoshlarimizga ham yoqimli kitob mutolaasini tilayman. Zero, mutolaa qalbni tarbiyalaydi, koʻngillarni xotirjamlikka chorlaydi.

4 371
OʻzA