Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.09.2017 11:30 Chop etish versiyasi

Kitob savdosi: tadbirkorlik sub’ektlariga foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlari tekin foydalanish uchun beriladi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Mazkur hujjatda kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanishi lozimligi alohida keltirib o‘tilgan.

Qarorda ushbu dasturda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ularning mansabdor shaxslarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanishi ta’kidlanlgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har bir shahar va tumanda kitob savdosiga ixtisoslashgan do‘konlarni tashkil etish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik sub’ektlariga foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlarini tekin foydalanish uchun berilishini ta’minlaydi.

Savdo aylanmasida kitob sotish ulushining hajmi 70 foizdan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxs maqomidagi tadbirkorlik sub’ektlarining alohida statistik hisobi yuritiladi va ular 2020-yil 1-yanvarga qadar yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod etiladi.


1 981






Все о погоде - Pogoda.uz