Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.09.2017 15:02 Chop etish versiyasi

“Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida yangi kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasida filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozovning “Ma’naviyat va muloqot mezonlari” mavzuidagi turkum kitoblari va multimedia mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasi, “Notiqlik” nodavlat ta’lim muassasasi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida uyushtirilgan mazkur tadbirga keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.

Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida"gi farmoyishi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar aholi va yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.

Adabiyotshunos Rahimboy Jumaniyozov ilmiy izlanishlari, notiqlik san’ati, matbuot va televideniyedagi faoliyati bilan xalqimiz nazariga tushgan. «Eski o‘zbek yozuvi», «Alifbo saboqlari», «Harflar gulshani», «Xalq ijodi – haq ijod» kabi yigirmadan ortiq kitob muallifi bo‘lgan ijodkor ayni paytda Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida faoliyat ko‘rsatayotir.

– Mazkur tadbir muallifning 2015-2017-yillarda yozilgan “Dil – qulf, til – kalit”, “Ta’lim, tarbiya, tafakkur, taraqqiyot”, “Muomala madaniyati”, “Notiqlik san’ati”, “Ma’naviyat targ‘iboti”, “Toshkentdan gapiramiz” kitoblari, shuningdek, “Siz notiq bo‘lishni istaysizmi?” va “Vatan va xalq mangu qoladi” multimedia mahsulotlari taqdimotiga bag‘ishlandi, – deydi tadbir ishtirokchisi L.Rahmatov. – Bu asarlar nafaqat tilshunoslar, talabalar va mutaxassislar, yosh teleboshlovchilar va jurnalistlar uchun, balki keng kitobxonlarga mo‘ljallangani bilan e’tiborlidir.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
608






Все о погоде - Pogoda.uz