O‘zA O`zbek

24.03.2020 Chop etish versiyasi

Kitob bizni birlashtiradi

Kitob bizni birlashtiradi Fargʻona viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazi,“Fargʻona” nashriyoti, “Fargʻona kitob olami” maʼnaviy-maʼrifiy savdo majmuasi hamkorlikda taʼtilda boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va ota-onalarining vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga hissa qoʻshish, shuningdek,oilaviy kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida “Kitob bizni birlashtiradi” aksiyasini tashkil etildi.

Dastlab Fargʻona shahridagi mahallalarda koʻp bolali, kam taʼminlangan oilalarga, yaqinlarining vasiyligida boʻlgan bolalarga 100 dan ortiq kitoblar toʻplami va 300 tadan ortiq himoya niqobi bepul tarqatildi.

photo_2020-03-24_08-48-35.jpg

3 458
Muqimjon Qodirov (surat), OʻzA