O‘zA O`zbek

08.08.2018 18:02 Chop etish versiyasi

Kislovodsk shahriga 8 nafar faxriy dam olishga jo‘nab ketdi

Kislovodsk shahriga 8 nafar faxriy dam olishga jo‘nab ketdi
Ikkinchi jahon urushida o‘zbek xalqi minglab yetim bolalarni o‘z bag‘riga olib, ularga boshpana berdi.

Qashqadaryolik 8 nafar faxriy va urush qatnashchisi Rossiya Federatsiyasi Kislovodsk shahridagi “O‘zbekiston” sanatoriysida hordiq chiqarish uchun kuzatuvchilar hamrohligida Qarshi temiryo‘l vokzalidan tantanali kuzatildi.

Prezidentimizning 2018-yil 16-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni nafaqat nuroniylarga balki metin irodali, tinchlikparvar xalqimizning og‘ir yillardagi jasoratiga bo‘lgan hurmat va ehtiromning amaldagi ifodasi bo‘ldi.

Mazkur farmon ijrosi doirasida Qashqadaryolik 8 nafar faxriy va urush qatnashchisi Rossiya Federatsiyasi Kislovodsk shahridagi “O‘zbekiston” sanatoriysida hordiq chiqarish uchun kuzatuvchilar hamrohligida Qarshi temiryo‘l vokzalidan tantanali kuzatildi.

Bu kabi tadbirlar, uchrashuvlar, ma’rifiy anjumanlar nuroniylarga o‘zgacha shukuh, ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda.

– Yurtboshimiz biz nuroniylarga hurmat va ehtirom ko‘rsatib, ko‘p savobli ishni boshini tutdilar, umrlari uzoq bo‘lsin, – deydi urush va mehnat faxriysi Usmon bobo Donayev. – Mahalla faollari, mutasaddilar muntazam holimizdan xabar olib turishibdi. Sira kamchiligimiz yo‘q. Mana bugun bir guruh faxriylar bilan dam olishga ketyapmiz. Ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rliklardan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi.

O‘.Barotov, O‘zA
1 794