O‘zA O`zbek

06.11.2019 Chop etish versiyasi

Kinoijodkorlar saylov qonunchiligi bilan tanishtirildi

Kinoijodkorlar saylov qonunchiligi bilan tanishtirildi
Saylov – 2019

Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha hududlarida saylov qonunchiligi targʻiboti oyligiga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan “Oʻzbekkino” milliy agentligida ham “Saylov demokratiya asosidir” mavzuidagi tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda joriy yilning 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga oʻtkaziladigan saylov qonunchiligining mazmun-mohiyati, unda ishtirok etish va ovoz berish tartibi, boʻlajak saylovlarning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida tutgan oʻrni haqida tushunchalar berildi. Jumladan, saylovda besh siyosiy partiya ishtirok etishi, deputatlikka nomzod koʻrsatish huquqiga faqat ular ega ekanligi va bu galgi saylovning oʻziga xos ahamiyatli tomonlari haqida soʻz yuritildi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

460
G.BOBOYEVA, OʻzA