Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.08.2018 15:11 Chop etish versiyasi

Kim uchuvchi bo‘lishni xohlaydi?

Kim uchuvchi bo‘lishni xohlaydi? “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining O‘quv-mashq markazi, uchuvchilarni dastlabki tayyorlov o‘quv kurslariga hujjat qabul qilish boshlanganligini ma’lum qilmoqda.

Hujjatlar MAK O‘quv-mashq markazida joriy yilning 10 sentyabridan 28 sentyabrigacha har kuni soat 09:00 dan 17:00 ga qadar (shanba va yakshanbadan tashqari) quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri Qumariq ko‘chasi 120-uy.

Qabul komissiyasiga taqdim etilishi kerak bo‘lgan hujjatlar:

tanlovda ishtirok etish haqidagi ariza anketasi (hujjat topshirish vaqtida qabul komissiyasi blankasida to‘ldiriladi);
pasportning asl nusxasi va yoshi hamda turar joyini tasdiqlovchi sahifalarining nusxasi;
texnik sohasi bo‘yicha oliy ma’lumoti haqidagi hujjatning asli va nusxasi. Agar diplom O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida olingan bo‘lsa, texnik sohasi bo‘yicha oliy ma’lumoti haqidagi diplomni tasdiqlanganligini kafolatlovchi hujjatning asli va nusxasi;
ingliz tilidan bilimlarini baholash xalqaro tizimining 9 balli IELTS shkalasi bo‘yicha bilimi 6,0 dan past bo‘lmagan hujjatning asli va nusxasi;
harbiy biletning (guvohnomaning) asli va harbiy xizmatga yaroqliligini tasdiqlovchi sahifalarining nusxasi;
4x6 o‘lchamli 4 dona rangli foto surat;
mehnat daftarchasining asli va nusxasi (ish staji ko‘rsatilgan holda);
davolash muassasasi bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan, o‘qishga yaroqliligi haqidagi №086-shakldagi ma’lumotnoma;
OIV infeksiyasi va virusli gepatit bilan kasallanmaganligi haqida sertifikat;
turar joyi bo‘yicha narkologiya va ruhiy asab kasalliklari dispanserda tekshiruvdan o‘tganligi haqidagi ma’lumotnoma;
sudlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma;
tarjimai holi ko‘rsatilgan anketa (shaxsiy varaqa) (hujjatlarni topshirish vaqtida qabul komissiyasining blankasida to‘ldiriladi).

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi;
Toshkent shahrida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatda turishi;
yoshi 21dan 27 gacha bo‘lishi (hujjat topshirish kunida 21 yoshga to‘lmagan yoki 27 yoshdan oshgan shaxslar tanlovda ishtirok etishi mumkin emas);
texnik sohasidagi mutaxassisligi bo‘yicha tugallangan oliy ma’lumotli bo‘lishi kerak (bakalavr yoki magistratura), (O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida xorijiy oliy ta’lim muassasasida olingan oliy texnik ma’lumot to‘g‘risida diplom, hujjat topshirish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi tomonidan nostrifikatsiya qilingan bo‘lishi kerak.
o‘quv dasturini o‘zlashtirish uchun davlat va rus tillarini mukammal (yetarli darajada) bilishi kerak;
ingliz tilidan bilimlarini baholash xalqaro tizimining 9 balli IELTS shkalasi bo‘yicha bilimi 6,0 dan past bo‘lmasligi kerak;
“Harbiy xizmatga yaroqli deb tan olingan” belgili harbiy biletga (guvohnomaga) ega bo‘lishi lozim.

Tanlov bosqichlari:

1-bosqich - tibbiy va kasbiy (professional)-psixologik tasdiqlash (nomzodlarning sog‘lig‘iga talablar kuchaytirilgan);
2-bosqich - oliy matematika fanida imtihon;
3-bosqich - fizika fanidan imtihon bilan amalga oshiriladi.

O‘zA
2 008