O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 16:53 Chop etish versiyasi

Kichik biznesga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun ajratiladigan kreditlar muddati 3 yil etib belgilandi

“Oʻzsanoatqurilishbank” oʻz mijozlari xohish-istaklaridan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʻlarni toʻldirish maqsadida ajratiladigan kreditlari muddatini 18 oydan 36 oy (3 yil)ga uzaytirdi.

Kredit foiz stavkasi imzolangan kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi. Taʼminot sifatida kredit summasining 125 foiz miqdoridan kam boʻlmagan garov qabul qilinadi.

Taʼkidlash lozimki, “Oʻzsanoatqurilishbank” hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlar uchun turli uchrashuv va seminarlar tashkil etib, soha subyektlarining moliyaviy xizmatlarga boʻlgan fikr-mulohazalarini oʻrganmoqda.

Bu yangi bank mahsulotlarini joriy etish, amalda boʻlgan xizmatlarni takomillashtirish hamda xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

OʻzA