O‘zA O`zbek

30.08.2018 10:34 Chop etish versiyasi

Keyingi ikki yil: islohotlar davri

Keyingi ikki yil: islohotlar davri

2016-yil sentyabrida Oʻzbekistonda boshlangan jiddiy islohotlar xalqaro jamoatchilikni lol qoldirdi. Hech kim Markaziy Osiyoning bu respublikasida liberal oʻzgarishlar boʻlishini kutmagandi...

Iclohotlarga xalqaro munosabatlar oʻzini koʻp kuttirmadi. Dunyoning yetakchi mamlakatlaridan yangi saylangan prezident Shavkat Mirziyoyevga uchrashuvlar oʻtkazish uchun taklifnomalar yubora boshlashdi. Chunki Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning yuragi. Bu yerdagi jiddiy islohotlar mintaqaning boshqa davlatlariga ham ijobiy taʼsir koʻrsatishi tabiiy. 

01.JPG

Keyingi ikki yil mobaynida xalqaro ekspertlar, siyosatshunoslar, tahlilchilar, dunyo OAVlari Oʻzbekistonda kechayotgan oʻzgarishlarni diqqat bilan kuzatib, olib borilayotgan islohotlarga yuqori baho bermoqda. 

turizm1-1.jpg

Bu borada AQSHning mamlakatimizdagi faqulodda va muxtor elchisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan Pamela Spratlen xonim “Amerika ovozi” teleradiosi muxbiriga bergan intervyusida fikrlarini samimiyat bilan izhor etgandi. 

ueEIzH15110030966550_b.jpg

– Prezident Mirziyoyev juda ochiq odam, nazarimda. Rahbarlikka kelishi bilanoq bu koʻzga tashlandi. Odamlar bilan yaqindan ochiq muloqot qilishni xohlaydi, sizni qunt bilan tinglaydi. Gaplashayotganda siz tomon egiladi. Prezident Trampning Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi Liza Kurtis bilan uchrashganida ham shunday muloqot qildi. Barcha uchrashuvlarda shuni koʻraman. Davlat kotibi oʻrinbosari Tomas Shennon ham 2016-yil kelganida juda ochiq gaplashdi. Gʻoyalarni olqishlaydi. AQSHdan, Yevropadan, Janubiy Koreyadan... Bu juda yaxshi, nazarimda. Koʻp jihatdan tashqi dunyoga yopiq turgan davlatning hammaga ochiq ekanini koʻrsatmoqda.

Turkiyaning yetakchi iqtisodiy nashrlaridan biri – “Derin Ekonomi” jurnalining sharhlovchilari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oʻz mamlakati va mintaqasidagi vaziyatlar oʻzgarishiga sezilarli taʼsir koʻrsatishga qodir boʻlgan jahonning birinchi oʻn nafar yetakchisi roʻyxatiga kiritdi. 

Mazkur roʻyxatdan muhim ahamiyatga molik qarorlari bilan oʻz mamlakatlari va mintaqalaridagi mavjud vaziyatni oʻzgartirib yuboradigan va bu bilan xalqaro maydondagi vaziyatga faol taʼsir koʻrsatadigan hamda jahon ommaviy axborot vositalarining “nyusmeykeri”, yaʼni ularning diqqat-eʼtibori obyekti boʻlib qolayotgan yetakchilar nomlari joy olgan. 

Mutaxassislarning qayd etishlaricha, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan birinchi kunlaridanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish, “har yerda hoziru nozir” boʻlgan huquq-tartibot idoralari faoliyatini tartibga solish, diniy eʼtiqod erkinligini taʼminlashga qaratilgan chuqur islohotlarni hayotga tatbiq etmoqda. Yangi rahbariyat boshchiligida Oʻzbekistonda mamlakatni amalda erkin bozor sari harakatlantirishga hamda tashqi savdo va valyuta siyosatini liberallashtirishga yoʻnaltirilgan oʻta muhim qarorlar qabul qilingani xorijlik sarmoyadorlar uchun respublikaning jozibadorligini oshirdi. 

Boshqa davlatlar, birinchi navbatda, qoʻshni mamlakatlar bilan oʻzaro munosabatlarni tubdan yaxshilash yoʻlini tutgani Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Prezidenti lavozimidagi eng katta eʼtiborga munosib qadamlaridan biri boʻldi. 

Shavkat Mirziyoyev 2017-yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida soʻzlagan nutqida jahon hamjamiyatini mamlakatimizning zamonaviy rivojlanishi bilan tanishtirgani barobarida, koʻplab muhim tashabbuslarni ham ilgari surgandi. Davlatimiz rahbarining ushbu nufuzli minbardagi chiqishi nafaqat katta aks sado berdi, balki jahon ekspert-tahlil doiralari oʻrtasida faol qoʻllab-quvvatlandi.

Ayniqsa, Amerikadagi mutaxassislar bunga katta qiziqish bildirishdi. Masalan, “StrateVarious Inc” konsalting kompaniyasi boshqaruvchi hamkori hamda “Jamestown Foundation” jamgʻarmasi katta ilmiy xodimi S. Enders Uimbush Shavkat Mirziyoyevning mazkur nutqini “Soʻnggi bir yil davomida olib borilayotgan islohotlar va ochiqlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan”, deya taʼrifladi.

– Oʻzbekiston yetakchisi mamlakatdan chiqish vizalarini olish tajribasini “umrini mutlaqo oʻtab boʻlgan oʻtmish qoldigʻi”, deb atagani holda, koʻpgina xorijlik sharhlovchi hamda jurnalistlardan koʻra ochiqroq va toʻgʻridan-toʻgʻri oʻz fikrini bayon etdi, – dedi tahlilchi. – Mamlakatning, shubhasiz, dunyoga aytadigan gapi bor: Oʻzbekiston ichidagi hamda uning tashqarisidagi jamoatchilik vizani bekor qilish, toʻgʻri yoʻldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiyalash jarayoni va boshqa masalalarga juda katta eʼtibor qaratmoqda. Shu bois davlat rahbari ularni BMTning yuksak minbarida turib bayon etdi.

Shu bilan birga, S. E. Uimbush respublikamizda roʻy berayotgan, “chetda turgan kuzatuvchiga bilinmaydigan, biroq mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyoti nuqtai nazaridan hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan qator jiddiy oʻzgarishlarga” ham eʼtibor qaratdi. U iqtisodiyotni jadal liberallashtirish hamda diversifikatsiyalash, davlat boshqaruvi apparati shaffofligi darajasi oshgani, soʻzda emas, amalda qonun ustuvorligi belgilab qoʻyilgani ijobiy oʻzgarishlar sirasiga kirishini aytdi.

Gudzon institutining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha dasturi direktori oʻrinbosari Aparna Pandening fikricha, “Prezident Shavkat Mirziyoyevning Afgʻonistonda uzoq muddatli tinchlik hamda barqarorlik oʻrnatilishiga koʻmaklashish zarurligi taʼkidlangan bayonoti olqishlanmogʻi lozim. Chunki Oʻzbekiston bu mamlakatning yaqin qoʻshnisi hisoblanadi”.

– Oʻzbekiston hukumatining toʻgʻri yoʻldan adashib, ekstremizm mafkurasi taʼsiriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish toʻgʻrisidagi qarorini alohida qayd etishni istar edim, – dedi u. – Bunday qaror mintaqada va global miqyosda mazkur salbiy voqelikka qarshi kurash olib borishda oʻta muhim ahamiyatga egadir. Toshkentning jozibali sarmoyaviy muhitni hamda liberal iqtisodiy tizimni shakllantirishga boʻlgan intilishlari ham eʼtiborga sazovor. Bularning barchasi mamlakatning yanada ochiqroq jamiyatni barpo qilish sari harakatlanayotganidan dalolat beradi.

Davlatimiz rahbari bayon etgan gʻoya hamda takliflar Yevropada ham oʻz aks sadosini berdi. Jumladan, (Belgiya)“Eurocontinent” tahlil guruhi direktori, doktor Pyer-Emmanuel Tomann “Oʻzbekiston yetakchisi yuksak minbardan turib islohotlar yoʻli oʻzgarmasligini aniq va loʻnda bayon etdi”, degan fikrni bildirdi.

– Jahon hamjamiyati mamlakatda barcha yoʻnalishni modernizatsiyalash, ayniqsa, xalq farovonligini oshirish yoʻlida qabul qilinayotgan chora-tadbirlardan voqif boʻldi, – dedi belgiyalik ekspert. – Eng muhimi, Shavkat Mirziyoyev oʻz chiqishida xalqaro jamoatchilikni Oʻzbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosatining yangi tamoyillari bilan tanishtirdi. Ular nafaqat mintaqada, balki butun Yevroosiyoda oʻzining ijobiy natijalarini beradi. Jahonda geosiyosiy boʻlinish davom etayotgan bir sharoitda Toshkentning puxta ishlab chiqilgan tashqi siyosiy yoʻli alohida ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoning iqtisodiy farovonligi koʻp jihatdan Oʻzbekiston rahbariyati qabul qilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga bogʻliqdir.

Shuningdek, Pyer-Emmanuel Tomann Afgʻonistonda xavfsizlik hamda barqarorlikni taʼminlash va Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolari suv resurslaridan foydalanishda yangicha yondashuvlar boʻyicha Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan tashabbuslarga ham ijobiy baho berdi. Xususan, u mamlakatimiz rahbarining afgʻon muammosi faqat afgʻonistonliklarning oʻzlari tomonidan va Afgʻoniston hududida hal etilishi mumkinligi haqidagi fikrlari muhimligini taʼkidladi. Belgiyalik ekspertning maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston rahbarining BMT yuksak minbaridan Orol dengizining 1960 yildagi hamda hozirgi paytdagi holati aks etgan xaritani namoyish qilganining sababi ushbu ekologik inqiroz davom etayotganiga yana bir bor jahon hamjamiyatining eʼtiborini qaratish bilan izohlanadi.

Oʻz navbatida, Ispaniyadagi San-Pablo (Madrid) universiteti professori, islom boʻyicha ekspert Rikardo De La Serna Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkdagi nutqini “Davrning eng muhim voqeasi”, deya taʼriflagandi.

– Oʻzbekiston yetakchisi oʻz nutqida boshqa masalalar bilan bir qatorda ikkita juda muhim masalani koʻtardi, – dedi ispaniyalik mutaxassis. – Ular Markaziy Osiyoning kelajagida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Eng avvalo, “suv muammosi” deb ataladigan masala haqida toʻxtalsak. Orol dengizining qurishi eng katta ekologik fojia boʻlib, u muammoni birgalikda hal etish yoʻllarini izlab topishni talab qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bayon etgan konstruktiv nuqtai nazar bu jiddiy muammo yechimiga asos boʻlishi mumkin.

Shu bilan birga, Rikardo De La Serna Oʻzbekistonning dinlararo muloqotni mustahkamlash borasida jiddiy taraqqiyotga erishganini ham alohida taʼkidladi.

– Yaqinda Samarqandda “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazilgani Oʻzbekiston butun mintaqa farovonligi uchun katalizator vazifasini oʻtashi mumkinligini taʼkidlanmoqda.

Xullas, dunyoda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga boʻlgan qiziqish yuqori. Bizning yutugʻimiz butun Yevroosiyo farovonligi va barqarorligining yutugʻi boʻladi. Shuning uchun barchaning nigohi Oʻzbekistonga qaratilgan. 

Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilayotgani Oʻzbekistonning maʼrifiy islom gʻoyalariga rioya qilishga boʻlgan intilishini hamda ularni targʻib etishga, aql-idrokka va boshqa dinlar bilan muloqotga ochiq ekanligini namoyon qiladi, – dedi u. – Oʻzbekiston zamini tarixan musulmon sivilizatsiyasining yorqin hamda gullab-yashnagan davriga guvoh boʻlgan, shu bois u ana shunday ajoyib va ezgu gʻoyalar hamda muloqotlarning tashabbuskori boʻlishga toʻla haqlidir.

Yevroosiyo va Rossiya boʻyicha amerikalik ekspert Stiven Frederik Starr Afgʻonistondagi muammolar favqulodda ogʻir ekanini tan olish kerakligini qayd etdi. “Biroq faqat derazadan qaragan bilan ish bitmaydi, bu xavfli va muvaffaqiyatsiz. Oldinga qarash kerak. Mening fikrimcha, prezidentingiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi – Janubga murojaat – bugungi jahon sahnidagi eng asosiy qadamlardan biridir. Nima uchun? Chunki oddiygina suv masalasini olib koʻraylik. Suv sizlar va barcha uchun favqulodda muhim. Demak, Afgʻoniston suv boʻyicha barcha muhokamalarda ishtirok etishi muqarrar. Shunday boʻladi ham va transport jabhasi. Sizning yangi temir yoʻlingiz Afgʻoniston hukumati uchun juda muhim. Gap shundaki, Oʻzbekiston Afgʻoniston iqtisodiy taraqqiyotida eng asosiy rol oʻynash imkoniyatiga ega. Bunday imkoniyat allaqachon yaratilgan. Mozori Sharifga qarang. Bugun juda tirik, jonli shaharga aylangan. U yerda koʻplab poytaxtlar, chegaraoldi hududlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar yoʻlga qoʻyilgan. Tadbirkorlar u yoqdan bu yoqqa qatnayapti, savdo qilayapti, parvoz qilmoqda. Bu boshqa masalalarga qaramasdan moʻʼjiza. Bu isteʼdodli ishbilarmonlarning sizlar bilan qardoshligini his qilayotganidir. Bu, oʻylashimcha, nafaqat Oʻzbekiston, balki Markaziy Osiyo uchun ham ulkan istiqboldir. 

Men Qozogʻistonda ham koʻplab yosh afgʻonlar taʼlim olayotganini hayrat bilan kuzatayapman. Qirgʻiziston ham ushbu mamlakatni elektrlashtirish boʻyicha oʻz imkoniyatlarini izlamoqda. Va albatta, Turkmaniston. Bu uning ulkan loyihasi – TAPI bilan bogʻliq. Bu vaqt davomida amalga oshirilishiga ishonchim komil. Koʻrinib turibdiki, hamma alohida-alohida boʻlib, lekin yagona maqsad sari borayotgan edi. Endi Oʻzbekiston tashabbusi bilan ana shu saʼy-harakatlar birlashtirilib, taʼbir joiz boʻlsa, uygʻunlikda bajariladi. Bu katta plyus”...

Markaziy Osiyo davlatlarining Afgʻoniston bilan hamkorligi mintaqa iqtisodiyoti va madaniyatining bir qismiga aylanadi. Bu shubhasiz.

Iqtisodiyot sohasidagi ulkan qadamlar ham hech kimni befarq qoldirmadi. 

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlar guruhi joriy yil 26-fevral, 13-mart kunlari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan bank-moliya, iqtisodiyot, soliq, statistika tizimidagi islohotlar samaradorligini oʻrgandi. 

Bu haqdagi yakuniy xulosalarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov, Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov, Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari boʻyicha departamenti direktori maslahatchisi Albert Yeger matbuot anjumanida maʼlum qilishgandi. 

Taʼkidlash joiz, dunyoning istalgan mamlakatidagi moliyaviy-iqtisodiy vaziyat haqida mazkur tashkilot taqdim etgan axborot jahon hamjamiyati tomonidan haqqoniy va xolis, deb qabul qilinadi.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ekspertlari Oʻzbekistonda 2017-yilda iqtisodiyotni liberallashtirish boʻyicha amalga oshirilgan islohotlarni ijobiy baholadi. A.Yegerning fikricha, mamlakatda valyutaning erkin konvertatsiyasi joriy etilgani toʻgʻri qaror boʻldi. Ayni paytda ish oʻrinlari yaratish masalasi eng ustuvor vazifalardan boʻlib turibdi. 2016-yili bu masalani hal etish borasida dadil qadamlar tashlandi, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga imkon qadar erkinlik yaratish, soliq va bojxona masalalarida imtiyoz va preferensiyalar berish yuzasidan koʻplab qarorlar qabul qilindi.

Ekspertlar prognoziga koʻra, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar 2018-2019-yillarda iqtisodiy oʻsish surʼatini 5 foizga oshirish imkonini beradi. 

Shuningdek, mutaxassislar qishloq xoʻjaligidagi islohotlar, oʻz mahsulotlari bilan savdo qilayotgan sohadagi ishbilarmonlarni ragʻbatlantirishning samarali tizimi xususiy tadbirkorlar, korxonalar va fermer xoʻjaliklarining moliyaviy mustaqilligini taʼminlashda muhim qadam, deb hisoblamoqda. Ekspertlar jadal iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan Oʻzbekiston butun mintaqa farovonligi uchun katalizator vazifasini oʻtashi mumkinligini taʼkidlashmoqda. 

Xullas, dunyoda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga boʻlgan qiziqish yuqori. Bizning yutugʻimiz butun Yevroosiyo farovonligi va barqarorligining yutugʻi boʻladi. Shuning uchun barchaning nigohi Oʻzbekistonga qaratilgan. 

Abduvali Soyibnazarov

O'zA
1 914