O‘zA O`zbek

11.08.2018 15:42 Chop etish versiyasi

Keng va shinam uy foydalanishga topshirildi

Keng va shinam uy foydalanishga topshirildi
Termiz shahridagi Ibn Sino ko‘chasida barcha zamonaviy sharoitlarga ega besh qavatli turar-joy binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda Surxondaryo viloyatining qiyofasi tubdan o‘zgarib, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari va ijtimoiy soha inshootlari, ko‘p qavatli turar-joy binolari barpo etilayotgani alohida ta’kidlandi.

4.jpg

Prezidentimizning 2015-yil 22-maydagi “2015-2017-yillarda Surxondaryo viloyatining yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy soha infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi B.Po‘latov so‘zga chiqdi.

Viloyat markazining bosh rejasi asosida qad rostlagan yangi ko‘p qavatli uyni “Pahlavon” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tez va sifatli bunyod etdi. Buning uchun tijorat bankining 14 milliard 500 million so‘m kredit mablag‘i sarflandi. 50 oilaga mo‘ljallangan keng, shinam barcha qulayliklarga ega uyning birinchi qavatida o‘nga yaqin savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi joylashgan. Atrofi obodonlashtirilib, rang-barang daraxtlar ekilgan. Anvoyi gul ko‘chatlari o‘tqazilib, dam olish o‘rindiqlari o‘rnatilgan. Bolalar maydonchasi va avtomobillar uchun maxsus turar joyi tashkil etilgan.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
3 265