Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

25.08.2018 09:57 Chop etish versiyasi

Kelin qaynotasini tunadi

Kelin qaynotasini tunadi
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi Yangiariq mahallasida yashovchi 64 yoshli mehnat faxriysi Sohib Lolayev tuman ichki ishlar boʻlimiga murojaat etib, yarim tunda nomaʻlum shaxs yashash uyiga kirib, sandiq ichidan 1000 AQSH dollari va 2 million 335 ming soʻm pulni oʻgʻirlab ketganini xabar berdi.

Koʻrilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ushbu oʻgʻirlikni shu mahallada yashovchi kelini, tumandagi umumtaʻlim maktabi oʻqituvchisi Nodira Mengnarova (ism-shariflar oʻzgartirildi) sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Shunday qilib, qaynotasini tunagan oʻgʻri kelinning mahalla-kuyda ham, maktab jamoasi oldida ham yuzi shuvut boʻldi. Ustoz, degan sharafli nomga dogʻ tushirgan 29 yoshdagi “qoʻli egri” oʻqituvchiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

X.Mamatrayimov, OʻzA
1 659