O‘zA O`zbek

18.09.2020 Chop etish versiyasi

Keksalari eng kam kasallikka chalingan yurt

Keksalari eng kam kasallikka chalingan yurt

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning davomiyligini, samarasini taʼminlashda faxriylarimizning ham katta oʻrni bor.Ayniqsa, yoshlar tarbiyasida koʻpni koʻrgan keksa otaxonlar va onaxonlarning katta hayotiy tajribasi asqatadi.

Bugun yurtimizda uch milliondan ziyod nuroniylarimiz bor va ularning koʻpchiligi hali ham yoshlar bilan birga fidokorona mehnat qilmoqda.
photo_2020-09-18_19-35-26.jpg

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari Sodiqjon Turdiyev vazirliklar, yirik tashkilotlardagi boshlangʻich faxriylar kengashlari raislari bilan uchrashuvda pandemiya sharoitida Oʻzbekistonda qariyalarining kasallikka kam chalinganini qayd etib, ayni paytda mamlakatimizda yuz yoshdan oshgan toʻqqiz yuzdan ortiq hamyurtimiz umrguzaronlik qilayotganini faxr bilan tilga oldi. 

Buning asosiy sababi, yurtimizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan yoshi ulugʻlarga gʻamxoʻrlik, ularni qoʻllab-quvvatlash siyosatidir.

photo_2020-09-18_19-35-29.jpg

Faxriylar bilan uchrashuvda soʻzga chiqqanlar boshlangʻich tashkilotlar faoliyatini yana-da jonlantirish, keksalarimizning kuch-gʻayrati, bilimi va tajribasidan yurtimiz obodligini taʼminlash yoʻlida koʻproq foydalanish zarurligini taʼkidlashdi.Hamkorlikni mustahkamlash, kuchlarni birlashtirish uchun bir qator amaliy takliflar bildirildi.

Uchrashuvda faxriylarning boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.

photo_2020-09-18_19-35-35.jpg

5 006
A.Taypatov, OʻzA