O‘zA O`zbek

24.08.2018 12:27 Chop etish versiyasi

Kechikkan avtomobil muammosi bartaraf qilindi

Kechikkan avtomobil muammosi bartaraf qilindi

Toshkent viloyati Chinoz tumani Amir Temur nomidagi mahalla fuqarolar yigʻini Chorvador koʻchasi 7-uyda istiqomat qiluvchi Zoirjon Ajimurodov Oʻzbekiston isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” ishonch telefoniga murojaat qildi.

Unga koʻra, isteʻmolchi Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sirdaryoservis” avtosalonidan “Matiz” avtomobilini olish maqsadida 42 million 867 ming soʻm toʻlovni amalga oshirgan. Ammo shu kungacha avtoulovdan darak yoʻq.

Murojaat viloyat isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganib chiqilib, ijobiy hal qilindi.

O'zA
2 295