O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 09:38 Chop etish versiyasi

Katta miqdorda pul oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga olindi

Katta miqdorda pul oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga olindi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida shu yil 28-iyul kuni nomaʼlum shaxs Bunyodkor koʻchasi oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Buxoro tumanida yashovchi Sh.B.ga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashina salonidan 9 ming 575 AQSH dollarini oʻgʻirlangandi. Mazkur holat yuzasidan esa jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.

IIV xabariga koʻra, koʻrilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon shahrida yashovchi Q.U. va muqaddam sudlangan U.U.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Qilmish-qidirmish, deganlaridek, oʻgʻirlik qilgan shaxslar endi qonun oldida javob beradi.

OʻzA