O‘zA O`zbek

29.08.2018 11:02 Chop etish versiyasi

Katta ishonch: muammolar hal etiladi!

Katta ishonch: muammolar hal etiladi!

Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumanida jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillari ishtirokida sayyor qabul yigʻilishi oʻtkazildi.

330ae6bb-c3c3-4553-88d4-fe010ef5270e.jpg

Unda Samarqand viloyati “Yermulkkadastr” davlat korxonasi va Qoʻshrabot tumani Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi boshligʻi hamda mutaxassislari, tumanda yashovchi fuqarolar, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va faollari qatnashdi.

0924d663-1703-4273-a35f-7b8b3c32f52e.jpg

Sayyor qabulda Qoʻshrabot tumani “Zarmitan” MFYda yashovchi fuqaro B.Tashmiratovning “Navoiy kon metallurgiya kombinati“ rahbariyati tomonidan shaharcha hududida doʻkon qurishi uchun qarshilik koʻrsatilayotganligi va shu masalada amaliy yordam berish toʻgʻrisidagi, Qoʻshrabot tumani “Mustaqillik” MFYda yashovchi fuqaro O.Xoʻjamurodovning Hadya shartnomasiga asosan unga tegishli boʻlgan hammom binosi avariya holatida boʻlganligi sababli uni bugungi kunda buzib, oʻrnida turar-joy binosi qurganligi va oila aʼzolari bilan istiqomat qilib kelayotganligi, ushbu uy-joyi va yer maydoniga nisbatan tuman hokimining qarorini chiqarib berishda amaliy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida, Ishtixon tumani “Chaqar” MFYda yashovchi fuqaro U.Isariyevning “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar kelajagimiz“ davlat dasturi doirasida oʻziga tegishli boʻlgan hovli-joy hisobidan 0,08 ga. yer maydonini oʻgʻliga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishi uchun ajratib bermoqchi ekanligi va buning tartib-qoidalari toʻgʻrisida, Ishtixon tumani “Qoʻrli” MFYda yashovchi fuqaro S.Naxalovning “Sport maydonchasi qurmoqchiligi, “Yer auksion“ga zaruriy hujjatlarni taqdim etganligi, biroq 20 kundan buyon natijasi yoʻqligi masalasidagi va shu kabi boshqa koʻplab murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.

Kun tartibiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan Samarqand viloyati Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi boshligʻi R.Xatamov, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sh.Habibullayev soʻzga chiqib, murojaatlarni fuqaro ishtirokida toʻliq, oʻz vaqtida, sifatli tarzda bajarilishini taʼminlash, keng qamrovli tushuntirish ishlarini mahalliy televideniye va radiolar orqali doimiy olib borish, boshqarmaning shoʻʼba boshliqlari hamda viloyat “Yermulkkadastr” davlat korxonasi boʻlim boshliqlari bilan birgalikda har bir murojaat mualliflariga asoslantirilgan javob xatlari yuborilishi belgilandi.

Mutasaddilar katta ishonch bilan fuqarolarga dolzarb va muammoli masalalari qisqa muddatlarda oʻz yechimini topishga vaʼda berdilar.

“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi matbuot xizmati

OʻzA
1 364