O‘zA O`zbek

22.09.2020 Chop etish versiyasi

Kasallikka qarshi hamkorlik

Kasallikka qarshi hamkorlik

Koronavirusga qarshi kurashishda shifokorlarimizga yordam berish, oʻzaro tajriba almashish va hamkorlik qilish maqsadida bir guruh rossiyalik shifokorlar Andijonga tashrif buyurdi.

Bugun koronavirus infeksiyasi yuqishi, tarqalishining oldini olish hamda samarali davolashda butun dunyo shifokorlari yaqindan hamkorlik qilmoqda. Bu borada ayniqsa, Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya kabi davlatlar mutaxassis va shifokorlarining tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi.
photo_2020-09-22_18-20-24.jpg
photo_2020-09-22_18-20-14.jpg

Mazkur yoʻnalishdagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining nufuzli shifoxonalarida faoliyat olib borayotgan, tarkibida epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, jarroh, diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralar boʻlgan shifokorlar mamlakatimizga kelgan. Ulardan bir guruhi Andijonda boʻlib COVID-19 xastaligiga chalingan bemorlarni davolash ishlarida tibbiyot xodimlarimiz bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov rossiyalik shifokorlar bilan muloqot oʻtkazdi. Ularga xastalikni bartaraf etish, davolashda koʻrsatayotgan yordami va hamkorligi uchun minnatdorlik bildirdi.

photo_2020-09-22_18-20-27.jpg
photo_2020-09-22_18-20-21.jpg

– Andijonda kasallikni davolashda ijobiy natijalarga erishilayotganiga guvoh boʻldik, – deydi Moskva shahar 4-sonli klinik kasalxona anesteziolog-reanimotolog shifokori Artur Akchurin. – Maqsadimiz bu borada oʻzbekistonlik shifokorlar bilan hamkorlik qilish, Rossiyada shakllangan ilgʻor tajribalar bilan oʻrtoqlashish, bir soʻz bilan aytganda, kasallik tarqalishining oldini olish va davolashda birgalikda ijobiy natijalarga erishishdir.

Rossiyalik shifokorlar maʼlum muddat viloyatdagi tibbiy muassasalarda koronavirusga qarshi kurashish va uni davolashda andijonlik shifokorlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.


5 596
F.UBAYDULLAYEV, Zuhriddin UMURZOQOV (surat), OʻzA