Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.03.2016 17:02 Chop etish versiyasi

Kasaba uyushmalari va xotin-qizlar

Kasaba uyushmalari va xotin-qizlar Nukusda “Xotin-qizlar: jamiyat, oila va mehnat” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Sog‘lom ona va bola yili munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi huzuridagi xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirga iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, ijtimoiy-siyosiy sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan, kasaba uyushmalari hayoti va jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan xotin-qizlar taklif etildi.

Prezidentimiz rahnamoligida ayollarni e’zozlash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish, iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

“Xotin-qizlarning huquq va manfaatlari ta’minlanishida kasaba uyushmalarining o‘rni”, “Xotin-qizlarning huquqlari, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarining himoya tizimini takomillashtirish, davlat va jamiyat qurilishidagi mavqeini yuksaltirish”, “Xotin-qizlar orasida kasb kasalliklarining oldini olish, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

– Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxona, tashkilot va muassasalarda imzolanayotgan jamoa shartnomalariga xotin-qizlarga xavfsiz mehnat va dam olish sharoiti yaratish, munosib haq to‘lanishini ta’minlash, qo‘shimcha imtiyozlar berilishi kiritilmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi huzuridagi xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi Gulnora Ilmuratova. – Ushbu shartnoma shartlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida faoliyat yuritilib, xotin-qizlarning manfaatlari to‘liq ta’minlanmoqda.

Aminboy Ortiqboyev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
1 664






Все о погоде - Pogoda.uz