O‘zA O`zbek

03.08.2018 16:40 Chop etish versiyasi

“Kartoshka” tarkibida giyohvand modda mavjudligi aniqlandi

“Kartoshka” tarkibida giyohvand modda mavjudligi aniqlandi
Toshkent viloyati Bekobod tumanida giyohvand moddalar jinoyatchiligiga qarshi navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Gulzor mahallasida istiqomat qiluvchi I.Sh.ning xonadonida 12 tup “ko‘knori“ o‘simligi parvarishlanayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.

Xonadon sohibi mazkur giyohvand o‘simlik maxsus idishlarda parvarishlanayotganiga qaramasdan, “Kartoshka ekkan edim“, deya o‘zini oqlamoqchi bo‘lgan.

O‘tkazilgan kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, I.Sh.ning “kartoshka“si tarkibida giyohvand moddalar mavjudligi aniqlangan.

Avazbek Xudoyqulov, O‘zA
3 771