O‘zA O`zbek

05.08.2020 Chop etish versiyasi

Kartoshka koʻchat shaklida ekilmoqda

Kartoshka koʻchat shaklida ekilmoqda


Andijon viloyati Asaka tumanida innovatsion usulda kartoshka yetishtirilmoqda.

“Oʻzbekiston mustaqilligi” massividan 5 gektar maydon tanlanib yangicha usul, yaʼni kartoshka koʻchat shaklida ekilmoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, kartoshkani koʻchat usulida ekishning qator afzalliklari bor. Birinchidan hosil odatiy ekilgan kartoshkadan bir muncha vaqt erta yetiladi, shuningdek, bir gektar maydonga 500 kilogramm kartoshka koʻchati ekib, 40 tonnagacha hosil olish mumkin.

Ayni kunda tumanda 200 ming tup kartoshka koʻchati ekishga tayyorlab qoʻyilgan.

Tuman hokimi va sektor rahbarlari “Oʻzbekiston mustaqilligi” massividagi kartoshka ekilayotgan maydonga borib, kartoshka ekish jarayoni bilan tanishdi.

– Kartoshkani koʻchat shaklida ekish usuli erta va koʻp hosil olish imkonini beradi, – deydi tuman hokimi Inomjon Mamadaliyev. – Bu aholining kartoshka mahsulotiga boʻlgan ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kelgusida ushbu usuldan samarali foydalanish va viloyat boʻyicha keng joriy etish koʻzda tutilgan.

photo_2020-08-05_11-33-45.jpg

photo_2020-08-05_11-33-46.jpg


1 955
F.UBAYDULLAYEV, Z.UMRZOQOV (surat), OʻzA