Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2017 17:22 Chop etish versiyasi

Karmanada “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoir-yozuvchilar, jurnalistlar, yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi raisi Q.Quronboyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari A.Qodirov va boshqalar aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada yuksaltirish, yoshlarda yurtga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, yuksak intellektual salohiyatli avlodni kamolga yetkazishda kitob beqiyos vosita bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Mustaqillikning mazmun-mohiyati va ahamiyati, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, istiqlol yillarida xalqimiz erishayotgan ulkan yutuq va marralar yoshlarning yorug‘ kelajagi uchun ekani va bu ulardan yanada ulkan shijoat va mas’uliyat talab etishini bugun har birimiz yaxshi anglaymiz.

– Tengdoshlarimiz bilan kitobxonlik tadbirlari va turli ma’rifiy bellashuvlar o‘tkazishni an’anaga aylantirganmiz, – deydi Karmana tumanidagi 4-umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Ibrohim G‘afforov. – Masalan, men o‘zim bugungi kungacha 50 dan ortiq badiiy asarni o‘qib chiqdim. Jahon va milliy adabiyotimizning sara asarlarini kitob javonimga yig‘ishga harakat qilayapman. Oilada ota-onam buning uchun zarur sharoitlar yaratib bergan.

Seminarda yoshlar o‘rtasida ma’naviy targ‘ibot ishlarida faol ishtirok etgan, tashabbuskor, faol yoshlar hamda davlat va jamot tashkilotlari xodimlari kitob jamlamasidan iborat maxsus sovg‘alar, tashakkurnoma va diplom bilan taqdirlandi.

Navoiy davlat konchilik institutida ham shunday seminar tashkil etildi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
648






Все о погоде - Pogoda.uz