O‘zA O`zbek

23.04.2019 22:18 Chop etish versiyasi

Karimov R.A. va Astanov T.T.ga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi xususida

Karimov R.A. va Astanov T.T.ga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi xususida
Toshkent shahar ichki ishlar Bosh Boshqarmasi tomonidan fuqarolar 1975 yilda tugʻilgan Karimov Rustambek Abdurashidovich va 1971 yilda tugʻilgan Astanov Tulkun Tashmuradovichga nisbatan toʻplangan materiallar qonuniy chora koʻrish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etildi.

Mazkur materiallar huquqiy baho berish maqsadida DXXning Tergov Boshqarmasi tomonidan oʻrganib chiqildi. Natijada R.Karimov va T.Astanovga tegishli mobil telefonlar xotiralarida mamlakatimizda faoliyati taʼqiqlangan ekstremistik tashkilotlarga tegishli va aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan hamda aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallar mavjudligi aniqlandi.

R.Karimov va T.Astanovning harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjudligi inobatga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasiga asosan mazkur shaxslar ushlanib, DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

OʻzA
912