O‘zA O`zbek

26.03.2020 Chop etish versiyasi

Karantinga amal qilmaslik holatlari eng koʻp qaysi viloyatlarda kuzatilmoqda?

Karantinga amal qilmaslik holatlari eng koʻp qaysi viloyatlarda kuzatilmoqda?

Ayrim fuqarolar bugungi vaziyatda mavjud qonun-qoidalarga rioya qilish va shu orqali sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorligiga hissa qoʻshish oʻrniga oʻzi va boshqalarning hayotini xavf ostida qoldirib, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzmoqda.

Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati bergan xabarga koʻra, oʻtgan 24 soat davomida karantin qoidalariga amal qilmagan jami – 980 ta holat aniqlangan boʻlib, ulardan: — Toshkent shahrida – 101 ta.

Misol uchun, 25-mart kuni soat 12:00 larda Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar QFYda yashovchi fuqaro J.R. tibbiy kuzatuv ostiga olinganligiga qaramasdan yashash manzilidan chiqib ketgan. Fuqaro Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan.

Toshkent viloyatida 103 ta — misol uchun, 22-mart kuni soat 15:00 larda Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, Doʻstobod shahar, Mashrab mahallasi, Barkamol avlod koʻchasida karantinda saqlanayotgan fuqaro T.N. yashash manzilidan tashqariga chiqqanligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan.

Jizzax viloyatida 14 ta — misol uchun, 24-mart kuni soat 10:00 larda Baxmal tumani, Doʻstlik MFY, Olomon qishlogʻida istiqomat qiluvchi fuqaro I. A. umumiy ovqatlanish va koʻngilochar joylar faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatib turish toʻgʻrisida ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan, Doʻstlik mahallasi hududida joylashgan “Shashlik markazi” nomli choyxonasini ishlatayotganligi, ushbu choyxonada 6 nafar mijozlarga xizmat koʻrsatayotganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan.

Buxoro viloyatida 52 ta — misol uchun, 24-mart kuni soat 20:30 larda Buxoro tumani, Chorbakr MFY, Choqpich qishlogʻida yashovchi fuqaro A.J. hududiy profilaktika inspektori tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan, oʻziga tegishli boʻlgan Buxoro shahar, Ibn Sino koʻchasidagi “Bek“ kafesida 3 nafar mijozga xizmat koʻrsatayotganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan);

Samarqand viloyatida 328 ta — misol uchun, 25-mart kuni soat 13:30 larda Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon shahri “Oqoltin” mahallasida yashovchi fuqaro B.R. A.Temur mahallasi hududida maxsus himoya niqobisiz, jamoat joyda yurganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan.

Qashqadaryo viloyatida 11 ta — misol uchun, 24-mart kuni soat 16:00 larda Mirishkor tumani, Guliston MFYda yashovchi fuqaro T.T. kunlik yashash joyi boʻyicha 14 tibbiy kuzatuvga olinganligiga qaramasdan, oʻz yashash joyidan chiqib ketganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan.

Surxondaryo viloyatida 22 ta misol uchun, 25-mart kuni soat 16:30 larda Surxondaryo viloyati, Qumqoʻrgʻon tumani, Surxon sohili mahallasi, raqamsiz uy manzili boʻyicha karantinda saqlangan 16-mart kuni Rossiyadan kelgan fuqaro Q.R. uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olinganligiga qaramasdan, karantin qoidalariga rioya qilmasdan yashash joyidan chiqib ketganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan.

Xorazm viloyatida 11 ta — misol uchun, 21-mart kuni Rossiyadan kelgan, Urganch shahar, Aloqachi koʻchasida yashovchi fuqaro Isakov Zokir uy sharoitida tibbiy kuzatuvga olingan boʻlishiga qaramasdan, 22-mart kuni oʻzboshimchalik bilan yashash uyidan chiqib ketganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan.

Sirdaryo viloyatida 19 ta — misol uchun, 21-mart kuni soat 16:00 larda Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, A.Navoiy mahallasi, Bogʻobod koʻchasida yashovchi, 15-mart kuni Rossiyadan yoʻlovchi avtomashinada kelgan Z.X. rasman ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan yashash manzilidan tashqariga chiqqanligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan.

Fargʻona viloyatida 74 ta — misol uchun, 23-mart kuni soat 11:00 larda Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, Katta Tagob mahallasi, Anorzor koʻchasida yashovchi, oʻz yashash manzili boʻyicha karantinda saqlangan, 21-mart kuni Qozogʻistondan kelgan fuqaro B.T. uyiga qarindoshlarini mehmonga chaqirganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan.

Navoiy viloyatida 10 ta misol uchun, 25-mart kuni soat 12:00 larda Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, Navoiy M.F.Y., Xalqlar Doʻstligi koʻchasida yashovchi fuqaro B.O. rasman ogohlantirilgan boʻlishiga qaramasdan oʻziga tegishli boʻlgan Uchquduq tumani buyum bozorida joylashgan nooziq-ovqat doʻkonida faoliyat olib borayotganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan.

Namangan viloyatida yu 61 ta — 21-mart kuni Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani, Turkiston mahallasi, raqamsiz uy manzili boʻyicha karantinda saqlangan, 17-martda Rossiyadan kelgan, fuqaro A.Gʻ. yashash manzilidan tashqariga chiqqanligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 54-moddasi asosida jarima qoʻllangan.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan mamlakatimizdagi haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib talqin qilayotgan, aholi orasida vahima keltirib chiqarishga qaratilgan uydirmalar, shuningdek, asossiz maʼlumotlarni tarqatayotgan akkauntlarni aniqlash va ularning egalariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda huquqiy taʼsir choralarini koʻrish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Bugungi vaziyatda ichki ishlar organlarining boshqa vazirlik va idoralar bilan hamohanglikda koronavirusga qarshi kurash olib borib, karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga qatʼiy rioya qilish hamda yurtdoshlarimizning salomatligini asrash asosiy vazifasi boʻlib qolmoqda.

Har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yana-da masʼuliyat bilan yondashib, sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya qilishimiz, eng bebaho neʼmat boʻlgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart deyiladi IIV xabarida.

854
Shuhrat Neʼmatov, OʻzA