O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Karantin vaqtida Asakadagi zavod ishlab turibdi degan xabarlar rostmi?

Karantin vaqtida Asakadagi zavod ishlab turibdi degan xabarlar rostmi?

AOKA huzuridagi shtabda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Brifingda N.Otabekovga “Asakadagi zavod ishlab turibdi degan xabarlar bor. Ayni damda zavodda necha kishi ishlayapti? Ularning gigiyenik qoidalariga toʻliq amal qilishida qanday sharoitlar yaratilgan? Zavod oʻz ishini davom ettirishi bilan karantin qoidalarini buzmayaptimi?”, degan savolga javob berdi.

- Mabodo tashkilot va muassasalar, shu jumladan zavodlar faoliyatini davom ettirayotgan boʻlsalar, unday joylarda karantin va cheklov tadbirlariga rioya etilishi boʻyicha masʼuliyat, ushbu korxonalarning rahbarlari zimmalariga yuklatiladi. Bu haqda respublika maxsus komissiyasining tegishli bayonnomasi mavjud.

1 073
OʻzA