O‘zA O`zbek

13.07.2020 Chop etish versiyasi

Karantin choralari kuchaytirilishining asosiy sababi aytildi

Karantin choralari kuchaytirilishining asosiy sababi aytildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tuzilgan shtabda koronavirus tarqalishining oldini olish va aholi salomatligini taʼminlash maqsadida tizimda olib borilayotgan ishlar yuzasidan oʻtkazilgan brifingda karantin cheklovlari oshirilgani sabablari haqida aytildi.

– Karantin cheklovlari yumshay boshlagandan keyin kasallanish soni keskin ortib bordi, – dedi Koronavirusga qarshi kurashish maxsus komissiyasi aʼzosi Habibulla Oqilov. – Hozirgi kunda klinikalarimizda 5 mingdan ortiq oʻrinda koronavirusga chalingan bemorlar davolanmoqda. Bu juda katta raqam. Endi 20 kun uyda oʻtirsak, zararlanish zanjirini uza olsak, koykalardagi bemorlar soni ham kamayadi.

Ilgari yangi zararlanish soni asosan chet eldan qaytarilgan vatandoshlarimiz ichidan chiqqan boʻlsa, hozir teng yarmi aholi orasidan aniqlanyapti. Mana shu karantin choralari kuchaytirilishining asosiy sababidir.

1 069
OʻzA