Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.02.2017 18:32 Chop etish versiyasi

"Kamolot": hisobot-saylov yig‘ilishlariga tayyorgarlik

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashida harakatning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarida guruh, mehnat jamoasi, talabalar turar joyi, fakultet sardorlari va boshlang‘ich tashkilot yetakchisi lavozimlari uchun munosib nomzodlarni saralash hamda hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi o‘rinbosari O‘.Shukurov va boshqalar mamlakatimizda yoshlar masalasiga davlat siyosati darajasida qaralishini ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 15-sentabrdan kuchga kirgan «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash harakat a’zolari zimmasiga muhim mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi.

Ta’lim muassasalaridagi yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlariga jalb qilish, ularning huquq, erkinlik va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, intellektual darajasini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashda boshlang‘ich tashkilotlarning ishtiroki muhim sanaladi.

Matbuot anjumanida oliy ta’lim muassasalaridagi guruh, mehnat jamoasi, talabalar turar joyi, fakultet sardorlari hamda boshlang‘ich tashkilot yetakchilarining hisobot-saylov yig‘ilishlarini namunali tarzda tashkil etish borasida so‘z yuritildi. Mazkur yig‘ilishlarda boshlang‘ich tashkilot yillik umumiy faoliyat bo‘yicha hisobotni tinglash va baholash, faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini hamda yillik ish rejani tasdiqlash singari vakolatlarga ega bo‘ladi.

Hisobot-saylov yig‘ilishlarini o‘tkazish bo‘yicha videorolik namoyish etildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
3 395






Все о погоде - Pogoda.uz