Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.12.2017 12:33 Chop etish versiyasi

“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivalining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur festival san’atga oshufta ko‘plab yosh iste’dod egalarini kashf etishga xizmat qilmoqda.

Viloyatda tanlovning quyi bosqichlarida 3 ming 900 dan ortiq o‘quvchi mumtoz va zamonaviy qo‘shiqchilik, nasr va nazm, musiqa asboblari ijrochiligi, tasviriy va amaliy san’at, raqs kabi yo‘nalishlarda bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Ularning 245 nafari viloyat bosqichida ishtirok etdi. Yakunda sakkiz nafar o‘quvchiga tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma berildi.

3 (1).jpg

17.jpg

6 (2).jpg

Sho‘rchi tumanidagi 1-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Kamola Jumayeva ham g‘oliblar safidan o‘rin oldi.

– Darsdan bo‘sh vaqtimda raqs to‘garagiga qatnashaman, – deydi Kamola. – Bugun izlanishlarim yuqori baholanganidan xursandman. Bunday tadbirlar bizning mahoratimizni oshirishga ko‘maklashishi bilan birga, unda e’tirof etilishi yangi marralar sari ruhlantiradi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA
3 784